Haydovchilar uchun qaysi gaz “zapravka”lar ishlayotganini ko‘rsatuvchi mobil ilova 1-dekabrgacha tayyor bo‘ladi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U ilova bepul bo‘lishi va uni ishlatish AGTKSHlar uchun ihtiyoriy bo‘lishini ta’kidladi.
Metan narxlari erkinlashtirilayotgani fonida Raqobat qo‘mitasi AGTKSHlardagi narxlarni monitoring qildi. Unga ko‘ra, narx cheklovi bekor qilingan bo‘lsa-da, ularning 71 foizi 3750 so‘m narxni saqlab qolgan, 25 foizi esa 200 so‘mgacha oshirgan. Narxlar keskin oshishiga sabab bo‘luvchi omillar yo‘q, deb yozdi qo‘mita.
Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda metan narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinishini ma’lum qildi. Uning matbuot kotibiga ko‘ra, prezident topshirig‘iga bilan, non va g‘alla narxlarini erkinlashtirishda bo‘lgani kabi, bu sohada ham narxlarni raqobat asosida barqarorlashtirish choralari ko‘riladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting